Samsung – xalqaro kompaniya. Markazi Seul shahrida joylashgan. Samsungning 56 davlatda joylashgan 124 ishxonasida 164 mingdan koʻproq xodim ishlaydi. Samsung Electronics kompaniyasiga 1969-yil Suvon shahrida Samsung Electric Industries nomi bilan asos solindi.